«yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi
27 may 2022, 18:57

Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi

Juma kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mehnat migratsiyasi tartib-tamoyillarini soddalashtirish, transafg‘on temir yo‘li doirasida hamkorlik qilish, agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Qolaversa, prezident ittifoq mamlakatlarini yo‘lovchi tashish aloqalarini to‘liq qayta tiklashga chaqirdi.

YeOII O‘zbekistonning alohida loyihalarda ishtirok etish taklifini qo‘llab-quvvatladi
25 fevral 2022, 18:13

YeOII O‘zbekistonning alohida loyihalarda ishtirok etish taklifini qo‘llab-quvvatladi

Yevroosiyo hukumatlararo kengashi O‘zbekistonning to‘rt yo‘nalishda, jumladan, temir yo‘l transportini raqamlashtirish, «Yevroosiyo Ekspress» loyihasi va boshqa yo‘nalishlarda YeOII ishidagi ishtirokini kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, bosh vazir Abdulla Aripov temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchi tashishni tiklashni taklif qildi.

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda — Abdulla Aripov
25 fevral 2022, 17:07

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda — Abdulla Aripov

25 fevral kuni Yevrosiyo hukumatlararo kengashi a’zolari yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev YeOII doirasida savdodagi to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi
11 dekabr 2021, 11:10

Shavkat Mirziyoyev YeOII doirasida savdodagi to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zlab, YeOII doirasida o‘zaro savdodagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf qilish, yangi transport yo‘laklarini barpo etish va «yashil» energetika loyihalarini amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

«O‘zbekiston uchun YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq natijalari muhim» — prezident
21 may 2021, 19:37

«O‘zbekiston uchun YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq natijalari muhim» — prezident

«O‘zbekiston uchun kuzatuvchi sifatida YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq, sezilarli natijalariga erishishni ta’minlash muhim», — deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev OEIK majlisida. U «o‘zaro muvofiqlashgan yondashuvlarni talab etuvchi» vazifalarni sanab o‘tdi va ittifoq davlatlari o‘rtasida muntazam avia va temir yo‘l yo‘lovchi qatnovlarini qayta tiklashni taklif qildi.

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi
10 dekabr 2020, 22:50

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida qatnashadi. O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berilishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting